So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon terma jamoasi Hindiston bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30373

Kecha, 27 dekabr kuni Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida Hindistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Uchrashuv har ikki jamoa bosh murabbiylarining qaroriga ko'ra yopiq tarzda o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasidagi ilk o'yinni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummonga qarshi o'tkazadi.
O'rtoqlik o'yini
Hindiston - Ummon 0:0
Hindiston: Gurprit Singx Sandxu, Pratam Kotal, Sartak Goluy, Sandesh Jingan, Anas Edatodika, Udanta Kumam, Pronay Xalder, Roullin Borxes, Anirudx Tapa, Sunil Chxetri (s), Jedje Lalpexlua
Ummon: Fayz ar-Rushaydiy, Muhammad al-Musallamiy, Muhammad ar-Ravohiy, Muhammad al-Balushiy, Saad al-Muhayniy, Ahmad Muborak al-Mahajriy (s), Rayod Ibrohim Solih, Ali al-Jabriy, Mahmud al-Mushayfriy, Muhammad al-Hassaniy, Muhammad al-Husniy.