UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jizzaxda 16 yoshli o'smirlar o'rtasidagi futzal musobaqasi yakuniga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14467

Jizzax viloyatida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2018 yilgi taqvim rejasiga asosan U-16 yoshli o'smirlar o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga etdi. Finalda Jizzax jamoasi Sirdaryo jamoasi ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. 3-o'rinni esa Samarqand va Buxoro viloyati jamoalari egallashdi. Musobaqa g'oliblari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Kubok, medal, diplomlari hamda Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqani odilona boshqarib borgan hakamlar brigadasiga ham Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari taqdim qilindi. Musobaqa yakunida so'zga chiqqan Jizzax viloyati hokimi, Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Alibekovich Soliev barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga o'z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda ushbu jamoalar futbolchilariga ulkan zafarlar va omad tiladilar.




Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!