So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Nasaf» FM murabbiylariga yangi litsenziyalar topshirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16511

Qashqadaryo viloyatida, jumladan “Nasaf” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylarga OFKning “V” toifasidagi litsenziyalari topshirildi. Tadbir “Nasaf” FMda bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi texnik bo'limi boshlig'i Shavkat Imomov, klubimiz bosh menedjeri S.P.Kucherenko, jamoamiz bosh murabbiyi R.S.Berdievlar ham hozir bo'lishdi.
Futbol maktab murabbiylaridan Umirqul Rahmatullaev, Pavel Kshnyakin, Jasur Ibragimov, Ozod Berdiev, Nurali Qung'irov, Dilmurod Po'latov va Jamshid Azizovlarga mazkur toifali litsenziyalar topshirildi. Eldor Moylievga esa OFKning “A” litsenziyasi topshirildi.
Murabbiylarga ushbu litsenziyalarni Shavkat Imomov, S.P.Kucherenko va R.S.Berdievlar topshirishdi.