So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Osiyo Kubogi. Guruhimizdagi raqiblarimizning eng havfli o'yinchilari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6294

Turkmaniston- Arslonmurod Omonov
Qo'shnilarimiz safidagi hujumlarning akisariyatini bizga begona bo'lmagan futbolchi uyushtiradi. Turkmaniston termasi ,asosan, qarshi hujumga tayanib harakatlanadi. Omonov o'rtoqlik uchrashuvlarida hujumkor yarim himoyachi ampulasida harakat qilmoqda. Uning tezligi va vaziyatni o'qiy olishi ko'p hollarda golga olib kelishini bu mavsumda «Buxoro» jamoasining o'yinlarida ko'rgan bo'lsangiz kerak. Raqiblarimiz jamoasidagi eng havflio'yinchi shubhasiz,Omonov
Yaponiya -Minaminno
Kunchiqar yurt vakillari termasining aslida har bir futbolchisi juda ham havfli. Lekin Minamino boshqacha o'yinchi. MinaminoE L turnirining bir necha bor oy ramziy jamoasiga kiritilganining o'zi ham undan extiyot bo'lish kerak ekanligini bildiradi. Minamino chinakam gol mashinasi. U ortiqcha fint yoki dribbling ishlatmaydi, shunchaki gol uradi, holos. Yaponiyalik vundrkind o'z vataninnigU16, U19, va olimpiya terma jamoalarining sardori sanaladi. Kunchiqar yurt vakillari hujumininig eng o'tkir nuqtasi, nayzaninig uchi aynan shu futbolchi hisoblanadi. Yosh bo'lishiga qaramasdan, Minamino o'yinni bemalol o'ziga olib, match tizginini o'zgartirib yubora oladi. Xulosa qilib aytganda, Yaponiya termasining eng havfli o'yinchisi shu yigit
Ummon - Ali al Habsi
Ummon termasiining darvozabani anchayin nomdor futbolchilardan. U APL va shunga o'xshash yuqori saviyadagi chemponatlarda o'zini ko'rsata olgan darvozabon, termasi uchun ham tarixiy fidoyilikni amalga oshira olgan. 2009-yilda o'tkazilgan «Ko'rfaz kubogi»daUmmoni finalgacha etaklab boradi. Finalda esa o'sha paytlari Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi nominatsiysi g'olibi Yosir Al Qahtoni boshchiligidagi Saudiya Arabistoni termasi bilan bilan to'qnash keladi. To'liq o'yin darvozasini dahlsizligini saqlab qolgan Al Habsi Penaltilar seriyasida aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatib, Ummon qirolligining tarixidagi eng katta g'alabaga erishishiga o'zining ulkan hissasini qo'shadi. Qisqacha qilib aytganda, yaxshi darvozabon - yarim jamoa.