So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Paraosiyo o'yinlari qahramonlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12649

Xabaringiz bor, shu yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tgandi. Ushbu musobaqada o'zbekistonlik paralimpiyachilar har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy hisobda 77 ta medal – 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallarini qo'lga kiritgandilar. Bu orqali O'zbekiston Paraosiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham o'z rekordini yangiladi.
Bugun «Olimpiya shon-shuhrati muzeyi»da ana shu o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan paralimpiyachilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi raisi Ulug'bek Mirhaydarov, III Paraosiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning murabbiylari va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «III Paraosiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash to'g'risida»gi farmoyishiga binoan oltin medal sohiblari 5 000, kumush medalni qo'lga kiritgan sportchilar 3 000, bronza medaliga ega chiqqan paraatletlar esa 2 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Sovrindor sportchilarning murabbiylari ham farmoyishga asosan (oltin – 2 500, kumush – 1 500, bronza 1000 AQSh dollari) mukofotga sazovor bo'lishdi.
Tadbir davomida shuningdek, engil atletikachi Husniddin Norbekov, suzish bo'yicha terma jamoamiz a'zosi Fotimaxon Amilova hamda dzyudo bo'yicha murabbiy Hasan Qosimov so'zga chiqib, ko'rsatilgan e'tibor va g'amxo'rlikdan xursand ekanliklarini, 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Paralimpiya o'yinlarida Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlab, yurtimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarishga harakat qilish niyatida ekanliklarini izhor qilishdi.