So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MDX davlatlaridan chiqgan yulduzlarni eslab( 2-qism )
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10500

Genrih Mhitariyan.
Armanistonda 3 ta zo'r futbolchi bor. Biri Messi ikkinchisi esa Ronaldo. 3- kim ekanligini payqadingiz chamamda.Ha uni u erda shunday yahshi ko'rishadi. Tan olish kerak hozirgi zamon futbolida «MDH» davlatlari orasida eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan o'yinchi shu yigit. U "Manchester"da o'zini yo'qotib qo'ymadi, «Arsenal» da jamoa etakchisi bo'lishga ham ulgurdi. Mixitaryan Klopp davridagi “ Borussiya” da nimalar qilganini eslashninig xojati yo'q. "Dortmund"da uni Mikki deb atashar, mahaliy muhlislar uning o'ynidan zavq olishardi. Ha aytgancha Genrih 10 ta tilni biladigan sayyoramizdagi kam sonli insonlar sirasiga kiradi.
Anatoliy Timashuk
Ukrainalik tayanch yarim himoyachi bu top futbolchilar orasiga kirishining sababi bor. Chunki u deyarli klublar miqiyosida qanday turnir bo'lsa, hammasida g'olib bo'lgan. Ishonchli o'yinlari va uzun sochi bilan hammamizni yodimizda qolgan desak xato bo'lmaydi. U «Zenit» bilan ajoyib mavsumlarni o'tkazgach Evropani zabt etish uchun «Bavariya» ga keladi va adashmaydi. To'gri u jamoaninig yuragi bo'lishga ulgurmaydi lekin Myunhenlik muxlislarni hursand qilishga ulgurgan.
Andrey Kanchelskis
Bu futbolchi haqida qisqacha tarif berib o'tamiz: Sobiq ittifoq jamoasi 1991-yilda Shotlandiya termasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. O'sha uchrashuvni shaxsan Ser Aleks Fergusson ham kuzatadi. U Kanchelskisning o'yini ko'rib, uni tezda «Manchester Yunayted» ga olib keladi. Rahbariyat o'sha yili Fergi boboga transferlar uchun ajratilgan pullar unchalik ko'p emasligini aytishsa ham Fergusson shashtidan qaytmaydi va tez orada Kanchelskis «qizil iblislar» safiga kelib qo'shiladi. U jamoaninig tom manodagi yuragi bo'la olgan desak adashmaymiz. Sababi u Kantona, Giggz, Shmeyhel singari yulduzlar bilan bir jamoada to'p surib yo'qolib qolmagan.
Yaqinda o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra: «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yahshi 100 o'yinchi ichida qahramonimiz fahrli o'rinda qayt etilgani so'zimiz isboti.
Andrey Shevchenko
Albatta, bu futbolchisiz iloji yo'q! Sheva nafaqat Evropani balki butun dunyoni zabt etgan haqiqiy top hujumchi va yulduz. U maydonda ortiqcha fint yoki dribling ishlatmasdi. Shunchaki hammasidan meyorida foydalanar va bu uning o'yiniga chiroy berardi. Uninig natijalari har qanday super yulduz uchun ham orzu. U «Milan» ning o'zida 320 ta uchrashuv o'tkazib 176 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Chempionlar ligasi sohibi, Oltin to'p va Evropaninig eng yahshi o'yinchisi, Ukrainada bir necha bor yil sportchisi….
Bunday yutuqlarni uzoq keltrib o'tishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytganda, Sheva futbol dahosi edi. Uning o'yinlarini butun jahon haligacha zavq bilan yodga oladi.