So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Islomni qabul qilgan yuduzlar haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26996

Hozirda zamonaviy futbolda musulmon yulduzlar ko'p. Riyod Mahrez, Mesut O'zil, Yahyo Ture, Ilkay Gundogan, Karim Benzama.. Bu o'z-o'zidan tushunarli, lekin shunday futbolchilar borki, ularda Islom haqida tushuncha bo'lmagan oilalarda tavallud topishgan. Ularninig islomni qabul qilganlari haqida qisqacha izoh berib o'tsak.
Pol Pogba
Pol Islom dini bilan 2014 yildagu JChda qiziqib qoladi. Unga jamoadoshi Mussa Sisoko bu din haqida to'liq ma'lumot beradi. Pogba esa o'sha yilining o'zidayoq eng to'g'ri bo'lgan yo'lni tanlaydi. Intervyulardan birida journalist aynan shu savolni beradi:
— Pol, siz Islomni qabul qilibsiz, bu rostmi?
— Ha albatta bu eng to'g'ri din. Sababi Islomda irqidan, tanasining rangidan qat'iy nazar hamma Alloh oldida tengligi va Qur'onning go'zal ovozi menga uning naqadar to'g'ri yo'l ekanligiga tushunishimga turtki bo'ldi, — deya javob qaytagandi Pogba. Hozirda Pol har o'yin oldidan «Fotiha» surasini o'qib maydonga tushadi. U hozirda arab tilini o'rganmoqda.
Frank Ribebri
Uning karerasida aynan 2006 yilgi Mundial katta rol o'ynaganini yaxshi bilsangiz kerak. Aynan o'sha mundial olididan Riberi Islom dinini qabul qiladi. Buning sababi esa Vaiba ismli oddiygina jazoirlik qiz ekanligini ko'pchilik bilmasa kerak. U Riberiga turmushga chiqishi uchun Riberi islom dinini qabul qilishi kerak ekanligini aytadi. Ko'p kutishga hojat qolmaydi va tez orada Riberi Haq yo'lga o'tadi. U o'ziga Bilol ismini tanlaydi. U «Bavariya» kiyinish xonasida ham Bilol deb chaqirishlarini talab qiladi. Yaqinda Bilol haqiqiy musulmon sifatida Hamid Oltinto'p bilan Umra ziyoratini ado etdi.
Nikolya Anelka
Yana bir frantsuz o'z hayotida to'g'ri yo'lini topishga muvaffaq bo'lgan. U 2004 yilninig oxirlarida Turkiyaninig «Fenerbahche» jamoasi sharafini himoya qilar edi. O'sha kuni u mashg'ulotlarga shoshib uydan chiqadi. Shu payt uzoqdan azon tovushi eshitiladi. Anelka buni eshitib joyida qotib qoladi. O'sha kuni u mashg'ulotlarga bormaydi. Masjid imomi unga Yusuf surasini o'qib beradi. Anelka uni eshitadiyu ko'zlaridagi yoshlarni tiya olmay qoladi... Tez orada u islomni qabul qiladi va o'ziga Abdusalom deya ism qo'yadi. Hozirda futbolchilik faoliyatini tugatgan Abdusalom havas qilsa argulik islomiy hayot kechirmoqda.
Erik Abidal
U ham xuddi Riberi singari Hayot isimli jazoirlik qizni sevib qoladi. U qizning oilasi qiyinchilikda yashashini bilib, ular to'yga rozi bo'lishsa, moliyaviy yordamni taklif etadi. Qizning dadasi esa kulgancha unga faqat islomni qabul qilishining o'zi kifoya ekanligini aytadi. Tez orada Abidal haq yo'lga kirgadi va ularninig to'yi bo'lib o'tadi. Ko'p o'tmay unda saraton kasalligi aniqlanadi. «Ana o'shanda men Allohga yolvorib ibodat qilishni boshladim, Umra safarida bo'ldim, nimaiki musulmonlarga yordam kerak bo'lsa qo'ldan kelgancha ulashdim. O'zim esa ikki ko'prik orasida edim. Alhamdulillah, Alloh nusrat berdi va men bu hastalikni engdim», — deya tvitterda post qoldirgandi Abidal.
Fredirik Kanute
Malilik futbolchi haqida uzoq gapirsak bo'ladi. U 2007 yilda islomni qabul qiladi. U nafaqat bu dinda mahkam turadi, balki musulmonlarni qo'llab-quvvatlaydi ham. Ayniqsa, uning Falastin uchun qilgan moddiy va ma'naviy yordamlari haqida faxrlansak arziydi. Yana bir qiziq holat haqida to'xtalsak. Andalusiyadagi masjidni shaxar soliq vazirligi yopishga majbur bo'ladi. Sababi masjidning qarzlari juda ham ko'payib ketgan edi. Kanute bundan habar topgach, o'sha paytlari deyarli bir yarim yillik maoshi qiymatidagi qarzlarni Alloh yo'lida uzib yuboradi. Bunday ishni hamma ham udalay olmasa kerak.
Ya. U.